Click to listen highlighted text!

"Qo'qon don mahsulotlari" AJ

[bvi]

"Qo'qon don mahsulotlari" AJ

868516

Ishonch telefoni

+99873 541-71-11

Farg‘onada energetika sohasida 2 ta yirik loyihani amalgaoshirish rejalashtirilgan

2021 yilda 500 million dollar miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralari ko‘rilib, bu yo‘nalishda 122 ta loyiha amalga oshiriladi.

– Barchamizga ma’lumki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlamay turib belgilangan maqsad va vazifalarga erishib bo‘lmaydi, – deydi Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov. – Shu nuqtai nazardan Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar va 2021 yil uchun maqsad qilingan ko‘rsatkichlarni ta’minlashda avvalo, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish, har bir ijro organlarini tadbirkorlarga ko‘makchiga aylantirish, tadbirkorlarni doimiy eshitish va qabul qilish, masala va muammolarini hal etishga asosiy e’tiborni qaratamiz.

Tadbirkorlikni rivojlantirish har bir rahbarning kunlik ishi bo‘ladi. Joriy yilda 7 mingta tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilib, ular soni 43 mingtaga yetkaziladi, banklar tomonidan bu sohaga ajratilayotgan kreditlarni 2 barobar oshirib, 10 trillion so‘mga yetkazish ta’minlanadi.

Asosiy e’tibor kichik sanoat zonalarini tashkil etishga qaratilib, hozirda 50 ta yangi tashkil etilgan kichik sanoat zonalari tadbirkorlarga yanvar oyida to‘liq bo‘lib beriladi.

2021 yilda 500 million dollar miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralari ko‘rilib, bu yo‘nalishda 122 ta loyiha amalga oshiriladi.

Energetika sohasida – Koreyaning “Hyundai Engineering” CO.LTD kompaniyasi bilan hamkorlikda Quvasoy shahridagi “Issiqlik energiya markazini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida qariyb 150 million dollar miqdorida mablag‘ni o‘zlashtirish choralari ko‘riladi.

Malayziyaning “Clipper Energi” kompaniyasi bilan hamkorlikda Beshariq tumanida quvvati 1,5 ming megavatt shamol va quyosh energiyasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 1,2 milliard dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib boriladi.

Viloyat rahbari bu haqida xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasida ma’lum qildi.

M.Sulaymonov,O‘zA

Loading

Leave a Comment

Your email address will not be published.

Click to listen highlighted text!